Durov Luvrdan o‘g‘irlangan taqinchoqlarni sotib olishga tayyorligini bildirdi

Durov Luvrdan o‘g‘irlangan taqinchoqlarni sotib olishga tayyorligini bildirdi
  • 1
  • 21.10.2025 16:50:00
  • 1 min read

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi Luvr muzeyidan o‘g‘irlangan taqinchoqlarni sotib olib, muzeyga qaytarishga tayyorligini aytdi. U X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postida Fransiya hukumatini tanqid qilib, “Luvrning talon-toroj qilinishi bu mamlakat tanazzulining yana bir belgisi”, deya ta’kidladi. Durov hazil aralash qo‘shimcha qilib, “Men o‘g‘irlangan taqinchoqlarni bajonidil sotib olib, Luvrga qaytaraman — albatta, Abu-Dabidagi Luvrni nazarda tutyapman, u yerdan hech kim o‘g‘irlamaydi”, deb yozdi. Eslatib o‘tamiz, 19-oktabr kuni Luvr muzeyidan fransuz imperatorlariga tegishli 9 ta bebaho taqinchoq o‘g‘irlab ketilgan. Jinoyatchilar 4 daqiqa ichida xodimlar formasida binoga kirib, millionlab qiymatga ega buyumlarni olib chiqqan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News