
- 9
- 05.05.2026 18:24:00
- 1 min read
Masalliqlar:
200 gr mol go‘shti qiymasi
100 gr pishloq
4 dona pomidor
1 dona piyoz
4 dona sarimsoq
200 gr makaron
1 osh qoshiq tomat
5-6 dona yalpiz bargi
100 gr suyuq qaymoq
Ziravorlar: tuz, qizil qalampir, qora murch, zira
Tayyorlanishi:
Qozonga biroz yog‘, butun pomidor, piyoz va sarimsoq solinib, qopqog‘i yopilgan holatda pishiriladi. So‘ng, pomidorni po‘sti olinib, maydalanadi va qiyma qo‘shiladi. Qiyma ham pishib bo‘lgan so‘ng, qozonga suvda qaynatilgan makaron, qirg‘ichdan o‘rkazilgan pishloq, 1 osh qoshiq tomat, qaymoq va yalpiz solinib, yarim soatga past olovda qaynatiladi. Ovqatimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha😍🍷🍽