Qiyma va pishloqli makaron🤗❤️

Qiyma va pishloqli makaron🤗❤️
  • 2
  • 16.09.2026 10:32:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
250 gr makaron
4 osh qoshiq zaytun yog‘i
5 dona pomidor
1 dona piyoz
200 gr mol go‘shti qiymasi
1 osh qoshiq tomat pastasi
2 dona sarimsoq
bir hovuch mayda to‘g‘ralgan petrushka
biroz tuz, qora murch ba pishloq

Tayyorlanishi:
Birinchi, zaytun yog‘i solingan qozonga pomidorlarning yuqori qismini kesib, kesilgan tomonini pastga qaratib joylashtiring. O‘rtasiga to‘g‘ralgan piyozni soling. Pomidorlar yumshaguncha o‘rtacha olovda pishiring. So‘ng, o‘rtasini ochib, qiyma go‘shtni qo‘shing va qovuring. Pomidorlarning yumshagach, po‘stini olib tashlab, vilkada ezib, qaynatib turing. Keyin tomat pastasi, ezilgan sarimsoq, petrushka, tuz, qora murch va pishloq qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
Eng oxirida oldindan qaynatilgan makaronni qo‘shib, yana aralashtiring.

Yoqimli ishtaha❤☕️
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News