- 2
- 05.01.2026 14:49:00
- 1 min read
Bugun pishloqli makaron tayyorlaymiz
Kerakli mahsulotlar:
Pomidor
Piyoz
Qiyma
Sarimsoq piyoz
Tomat
Pishloq
Makaron
Ziravorlar
Tayyorlanishi:
Avvaliga pomidorni qizib turgan yog‘ga solamiz, ketidan mayda qilib to‘g‘ralgan piyozni solib birozga dimlab qo‘yamiz. 5-10 daqiqadan so‘ng, pomdorlarimizni postlog‘ini shilib olamiz. Qiymani solib, qoshiq yordamida maydalab yuboramiz. Pomidorlarimizni ham ezib olamiz. Ustidan tomat, qirg‘ichdan chiqarilgan sarimsoq piyoz, ziravorlar qo‘shib aralashtiramiz. Undan so‘ng qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni solamiz va pishloq eriguncha aralashtiramiz. Makaronlarimizni qaynab turgan suvga solib pishirib olamiz. Pishib chiqqan makaronlarimizni tayyor pishloqli tomatimizga solib aralashtiramiz.