
- 1
- 05.01.2026 21:55:00
- 1 min read
Avvalroq Emmanuel Makron xotini erkak emasligini isbotlamoqchi ekanini haqida xabar bergandik. Parij jinoiy sudi Fransiya birinchi xonimi Brijit Makron haqida internetda tarqatilgan yolg‘on va haqoratli ma’lumotlar bo‘yicha hukm chiqardi. Sud ijtimoiy tarmoqlarda uni go‘yoki erkak bo‘lib tug‘ilgani haqidagi fitna nazariyasini tarqatgan 10 nafar shaxsni kiberbezorilikda aybdor deb topdi. Hukmga binoan, 8 kishi 4–8 oylik shartli qamoq jazosiga, sudda qatnashmaganlardan biri esa 6 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Ayrim ayblanuvchilarga qo‘shimcha ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini yopish va maxsus kurslardan o‘tish majburiyati yuklatildi. Sud qarori bilan Brijit Makronning transgender ekani haqidagi da’volar yolg‘on va asossiz ekani yana bir bor tasdiqlandi.