
- 0
- 08.04.2026 10:30:00
- 1 min read
Panama poytaxtida joylashgan Amerika ko‘prigi yaqinida yoqilg‘i tashuvchi mashina yonib, kuchli portlash yuz berdi.
Hodisa 6-aprel kuni sodir bo‘lgan. Portlashdan so‘ng haydovchilar avtomobillarini tashlab, voqea joyidan qochgan. Shahar yong‘in xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 2 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan Amerika ko‘prigi vaqtincha noma’lum muddatga yopildi.