
- 0
- 25.03.2026 18:28:00
- 1 min read
2025-yilda Pokistonda havodagi PM2,5 mayda zarrachalar konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) belgilagan me’yordan 13 baravar oshib, inson salomatligi uchun juda xavfli bo‘ldi.
IQAir kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, dunyoning 143 davlati va 9 446 shaharidan olingan ma’lumotlarda 130 hudud JSST standartlariga javob bermadi. Eng iflos shaharlar: Hindistonning Loni (112,5 µg/m³) va Xitoyning Xo‘tan (109,6 µg/m³).
Eng toza shahar esa Nyuvudvill (Janubiy Afrika) hisoblanadi, PM2,5 darajasi atigi 1 µg/m³.