
- 5
- 21.11.2026 10:50:00
- 2 min read
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Toşkent viloyati Parkent tumanida investorlar va tadbirkorlar bilan ötkazgan uçraşuvida turizm sohasini rivojlantiriş, xizmatlar sifatini oşiriş hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Maʼlum qilinişiça, 2026-yil boşidan buyon Özbekistonga 11,6 million nafar xorijiy sayyoh taşrif buyurgan. Yil yakuniga qadar uşbu körsatkiç 15 million nafardan oşişi kutilmoqda.
Sönggi ikki yilda uzoq xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlarning mamlakatda böliş muddati örtaça 6,5 kundan 8 kungaça uzaygan. Tölov qobiliyati yuqori turistlar uluşi 14 foizdan 21 foizga oşgan. Şuningdek, uzoq xorijdan kelgan bir sayyohning örtaça xarajatlari 21 foizga köpaygan.
Davlat rahbari turizm sohasida asosiy eʼtiborni nafaqat sayyohlar sonini köpaytirişga, balki xizmatlar sifatini yaxşilaş va ularning mamlakatda uzoqroq qolişini taʼminlaşga qaratiş zarurligini taʼkidladi.
Yangi strategiya doirasida xorijiy sayyohlar sonini 20 mln nafarga yetkaziş, turizmning iqtisodiyotdagi uluşini 3,5 foizdan 7 foizga oşiriş hamda turizm xizmatlari eksportini 10 mlrd dollarga olib çiqiş maqsad qilinmoqda.
Sohada tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş maqsadida mehmonxonalar qurilişi uçun milliy valyutada 16 foizli moliyaviy resurslar ajratilgan. Yer va mol-mulk soliği böyiça imtiyozlar 2030-yilgaça uzaytirilgan. Xorijlik sayyohlarga xizmat körsatuvçi turoperatorlar qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilgan.
Bundan taşqari, hokimlarga turizm loyihalarini amalga oşiriş uçun qöşimça 5 ming gektar yer maydonini tayyorlaş vazifasi topşirildi. Joriy yilda turizm infratuzilmasini rivojlantirişga 2 trln söm yönaltirilgan.
Şuningdek, 25–27-noyabr kunlari Toşkent şahrida turizm sohasidagi birinçi xalqaro investitsiya forumini ötkaziş rejalaştirilgan. Unda 25 dan ortiq davlatdan 100 nafardan ziyod yirik investor iştirok etişi kutilmoqda.