
- 0
- 09.04.2026 14:04:00
- 1 min read
Toshkent shahrida avtobuslarda yo‘lkira to‘lamagan 32 ming 450 nafar yo‘lovchiga nisbatan jarima qo‘llanildi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar, fevral, mart oylarida 28 ta avtobus yo‘nalishida maxsus reydlar o‘tkazilib, qoidabuzarlik sodir etgan yo‘lovchilarga ma’muriy choralar tayinlangan. Amaldagi tartibga ko‘ra, jamoat transportida yo‘lkira to‘lamagan yo‘lovchilarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi — hozirda 41 200 so‘m miqdorida jarima belgilanadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, yilning dastlabki uch oyida chiptasiz harakatlangan yo‘lovchilardan qariyb 1,33 milliard so‘m jarima undirilgan.