
- 0
- 06.07.2026 10:40:00
- 1 min read
O‘zbekistonda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish kiritilib, bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 20 dan ortiq yangi ta’lim yo‘nalishi tasdiqlandi.
Bakalavriat bosqichida quyidagi 10 ta yangi yo‘nalish ochildi:
🔹 ekologiya va atrof-muhit;
🔹 yashil iqtisodiyot;
🔹 iqlim o‘zgarishi;
🔹 qayta tiklanuvchi energiya;
🔹 suv resurslarini boshqarish;
🔹 mobil robototexnika;
🔹 uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar);
🔹 barqaror qishloq xo‘jaligi;
🔹 ekoturizm;
🔹 temir yo‘l muhandisligi.
Magistratura bosqichida esa quyidagi yangi mutaxassisliklar joriy etildi:
🔹 xalqaro energetik siyosat;
🔹 xalqaro suv diplomatiyasi;
🔹 sirkulyar iqtisodiyot;
🔹 barqaror moliya;
🔹 rivojlanish iqtisodiyoti;
🔹 ekologiya huquqi;
🔹 xalqaro savdo huquqi;
🔹 nazariy va muhandislik fizikasi;
🔹 urbanistika;
🔹 barqaror shaharsozlik;
🔹 iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi;
🔹 barqaror turizm.
Shuningdek, ayrim mavjud ta’lim yo‘nalishlari nomi yangilanib, klassifikatordan bitta mutaxassislik chiqarildi. Yangi yo‘nalishlar mehnat bozori ehtiyojlari va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.