
- 4
- 15.05.2024 09:51:00
- 1 min read
Super Alonso!
Bu mavsumda futbol olamidagi eng xayratga solarli voqeliklardan biri bu shaxsan men uchun “Bayer Leverkuzen” klubi va Xabi Alonso bo‘lmoqda. Mavsum davomida umuman mag‘lubiyatsiz seriya (50 ta o‘yin)! Bundesligada “Bavariya”ning gegemonligiga chek qo‘yish, tag‘in ham har jihatdan favorit bo‘lmagan jamoa bilan. Qo‘shimchasiga jamoa oldinda yana 2 ta nufuzli musobaqada g‘olib bo‘lish imkoniyatiga ega. Bittadan o‘yin va trebl qayd etiladi. Hammasidan ham qiziqtirayotgani klub mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlay olarmikan-a…