
- 0
- 17.03.2026 12:16:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Ramazon oyida 20 ming nafar diniy soha xodimlari uchun ‘‘Vaqf’’ fondidan 80 milliard mablag‘ ajratildi. Xususan, masjidlarda taroveh namozlarida Qur’on xatm qilgan 3600 nafar qorilarning har biriga va ulamolar kengashining 100 dan ortiq faxriy a’zolariga 10 million so‘mdan moddiy rag‘bat berildi. Shuningdek, Respublikaning barcha jome masjidlaridagi imom-xatiblariga – 7 mln so‘m, mudarrislarga – 4 mln so‘m, otinoyi va mahalla mullalariga – 2mln so‘m hamda masjid tozalovchi va qorovullarga 1 mln so‘mdan hadya topshirildi.