Ombudsman Mubashshir Ahmad saqlanayotgan koloniyada tekshiruv o‘tkazdi

Ombudsman Mubashshir Ahmad saqlanayotgan koloniyada tekshiruv o‘tkazdi
  • 0
  • 09.01.2026 11:21:00
  • 1 min read
Avvalroq Mubashshir Ahmadning salomatligi turmada keskin yomonlashgani aytilgandi. Advokatining murojaatidan so‘ng Inson huquqlari bo‘yicha vakilning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida monitoring tashrifini amalga oshirdi va Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning sog‘lig‘i va saqlanish sharoitlarini o‘rgandi. Tekshiruv davomida mahkum bilan xoli suhbat o‘tkazilib, tibbiy hujjatlar ko‘zdan kechirildi. Ombudsman ma’lumotiga ko‘ra, Alisher Tursunov tibbiy yordamdan shikoyat qilmagan, muntazam tibbiy nazoratdan o‘tkazilayotgani va zarur davolanishni olayotganini bildirgan. Shuningdek, u ixtiyoriy ravishda mehnatga jalb etilgani, ish va yashash sharoitlari hamda oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha e’tirozi yo‘qligini ma’lum qilgan. Ombudsman xabarida qayd etilishicha, mahkum avvalgi monitoring tashriflari chog‘ida ham murojaat bildirmagan.


Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News