Olot somsa☺️

Olot somsa☺️
  • 3
  • 19.10.2026 10:37:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
💧 1 stakan suv
🧂 biroz tuz
🧈 25 gr sariyog‘
🌾 2 stakan un

Qiymasi uchun:
🥩 400 gr mol go‘shti
🧅 4 dona piyoz
🌶 Qora murch
💧 1 stakan suv
🍅 Pomidor

Tayyorlanishi:
Birinchi idishga suv, tuz, sariyog‘ va un solib, yumshoq xamir qorib olamiz. Xamir tinguncha, qiyma uchun barcha masalliqlarni to‘g‘rab, somsa farshini tayyorlaymiz. Keyin xamirni, kichik zuvalachalarga bo‘lib, dumaloq qilib yoyamiz. Yoyilgan xamirlar ichiga farshdan solib, olot somsasi shaklida tugamiz. Somsalarni patnisga terib, ustiga suv sepamiz va qizib turgan pechga joʻnatamiz. Somsalar pishgach, ustini yogʻlab dasturxonga tortamiz!

Yoqimli ishtaha ❤️

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News