
- 0
- 05.01.2026 13:56:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda neft sizib chiqib, suv o‘rniga neft oqayotgani haqida xabar va videolar tarqaldi. 2025-yil oxirida Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi “M-25” konida neft suyuqligi yer yuzasiga chiqishi holati qayd etilgan. Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, tarqalishning oldini olish maqsadida hudud atrofida va soy bo‘ylab qo‘shimcha himoya hovuzlari barpo etilgan, chiqib ketgan neft muntazam olib chiqilmoqda. Har biri 5 ming kub metr hajmga ega izolyatsiyalangan ikki hovuz mavjud.
Hozirda holat doimiy nazoratga olingan, kanalga oqib ketgan neftni tozalash ishlari davom etmoqda.