Fuqaroga qo‘pol muomala qilgan amaldorga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Fuqaroga qo‘pol muomala qilgan amaldorga xizmat tekshiruvi tayinlandi
  • 0
  • 29.07.2026 16:05:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Koson tumani bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Ochilovning fuqaroga qo‘pol muomala qilib, tahdid qilayotgani aks etgan video tarqalganidan so‘ng, unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 28-iyul kuni fuqarodan ko‘chaga to‘kilgan qumni olib tashlashni talab qilish jarayonida yuz bergan. Tomonlar o‘rtasidagi tortishuv davomida amaldor qo‘pol so‘zlar ishlatgan.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bunday xatti-harakatlar davlat xizmatchisining odob-axloq me’yorlariga zid ekanini bildirib, holatni qoraladi. Tekshiruv yakuniga ko‘ra, amaldorning harakatlariga huquqiy baho berilib, tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News