Ma’lumotlar sizdirilishi bo‘yicha rasmiy raqamlar ochiqlandi

Ma’lumotlar sizdirilishi bo‘yicha rasmiy raqamlar ochiqlandi
  • 1
  • 12.02.2026 14:08:00
  • 1 min read

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov matbuot anjumanida O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Vazirning ma’lum qilishicha, 27–30-yanvar kunlari uchta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujumlar uyushtirilgan. Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek 15 million emas, taxminan 60 mingga yaqin fuqaroning ma’lumotlari tarqalgan. Holatni bartaraf etish maqsadida ruxsatsiz kirishlar cheklangan, OneID tizimidagi foydalanuvchilar parollari yangilangan, himoya vositalari kuchaytirilgan va shaxsiy ma’lumotlarni egasining roziligi asosida taqdim etish yoki cheklash imkoniyati joriy etilgan. Avvalroq Dark Web’da kamida 15 million fuqaroning ma’lumotlari joylashtirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ayrim davlat idoralari esa o‘z tizimlariga buzib kirish bo‘lganini rad etgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News