
- 12
- 20.07.2026 16:57:00
- 1 min read
Avvalroq Toshkent shahridagi bir nechta masjidda imomlik qilgan hamda “Rayxon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi bo‘lgan Odilxon qori Ismoilov ikki jinoyat ishi bo‘yicha qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. Birinchi ish doirasida u talon-toroj qilish, soxta tadbirkorlik, mansab soxtakorligi va hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda, ikkinchi ish bo‘yicha esa Odilxon qori va yana besh kishi iqtisodiy jinoyatlar, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblangandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi hukmiga ko‘ra, Odilxon Ismoilovga 7 yil 11 oy 28 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Mazkur ish bo‘yicha qolgan olti nafar sudlanuvchiga ham sodir etgan jinoyatlaridan kelib chiqib turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jinoyat ishi doirasida yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi. Hukm ustidan qonunda belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berilishi mumkin.