
- 5
- 10.01.2023 09:15:00
- 1 min read
Dunyoning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD (Build Your Dreams) kelasi oydan O‘zbekistonda elektromobillar sotuvini boshlaydi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisining transformatsiyalar va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Azizbek Shukurov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, narxlar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Kafolat va xizmat ko‘rsatish boshqa avtosalonlarga qaraganda qulayroq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda BYD va O‘zavtosanoat AJ (UzAvto) qo‘shma korxona tashkil qilish bo‘yicha kelishuvni imzolagandi. Unga ko‘ra, DM-i turidagi super gibrid modellar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona O‘zbekistonda joylashishi belgilangandi.
Foto: O‘zavtosanoat AJ