O‘zbekistondagi Ikkinchi jahon urushi faxriylari soni aniqlandi

O‘zbekistondagi Ikkinchi jahon urushi faxriylari soni aniqlandi
  • 3
  • 06.05.2026 17:40:00
  • 1 min read

2026-yil 6-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni 60 nafarga yetdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Faxriylarning eng ko‘pi Toshkent shahrida (28 nafar) yashaydi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (11 nafar) va Farg‘ona viloyati (5 nafar) turadi. Boshqa hududlarda esa ularning soni kamroq, ayrim viloyatlarda umuman qolmagan. Faxriylarning 14 nafari urush nogironi, 14 nafari bevosita urush qatnashchisi hisoblanadi. Shuningdek, 13 nafari Leningrad qamalida, 19 nafari esa konslagerlarda bo‘lgan. Ro‘yxatga turli viloyatlarda yashovchi faxriylar, shuningdek Rossiya, Belarus, Ukraina va boshqa davlatlarda tug‘ilib, hozir O‘zbekistonda istiqomat qilayotganlar ham kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, urush yillarida O‘zbekistondan qariyb 2 million kishi frontga jo‘natilgan, ulardan 538 ming nafari halok bo‘lgan. 2026-yil 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan har bir urush faxriysiga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News