
- 2
- 03.02.2026 08:53:00
- 1 min read
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda layk va obunachilar yig‘ish maqsadida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, haqorat qilish, uyatli so‘zlar bilan so‘kish kabi holatlar, shuningdek, e’tibor qozonish uchun huquqbuzarlik sodir etib, uni videoga olib internetda tarqatish ma’muriy jazoga sabab bo‘ladi.
Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilingan.