
- 5
- 01.04.2026 17:48:00
- 1 min read
1-apreldan boshlab O‘zbekistonda transport vositasini boshqarish huquqini olgan shaxslar yo‘l qoidalarini buzgan taqdirda jarimani avtomobil egasi emas, balki qoidabuzar haydovchi to‘laydi. Bu haqda 30-martdagi 125-sonli hukumat qarorida belgilangan.
Yangi tartibga ko‘ra, transport egasi YIDXP (my.gov.uz) yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali boshqarish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazganini xabardor qilishi kerak. Boshqarish huquqini olgan shaxs so‘rovnomani tasdiqlash orqali jarima solinishiga roziligini elektron raqamli imzo, Mobile-ID yoki Face-ID orqali beradi. Xizmat uchun 10% BHM (42 000 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Shuningdek, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi endi 5 yillik muddatga beriladi.