
- 0
- 24.04.2026 10:18:00
- 1 min read
Endi kredit uchun avtomatik yechib olishda kartangiz bo‘shab qolmaydi — hisobda kamida 1,2 mln so‘m saqlanadi. Agar balans kam bo‘lsa, pul umuman yechilmaydi.
Yangi qoida kredit, bo‘lib to‘lash va boshqa majburiyatlarni avtomatik yopish jarayoniga taalluqli. Yechib olish faqat belgilangan limitdan ortiq mablag‘ bo‘lsa amalga oshiriladi.
Agar kartada yetarli pul bo‘lmasa, mijoz kreditni o‘zi qo‘lda to‘lashi kerak bo‘ladi, aks holda kechikish va jarimalar yuzaga kelishi mumkin.