Shimoliy koreyalik sportchilar Janubiy Koreyada

Shimoliy koreyalik sportchilar Janubiy Koreyada
  • 0
  • 18.05.2026 10:57:00
  • 1 min read

Shimoliy Koreyaning “Naegohyang” ayollar futbol klubi sakkiz yil ichida ilk bor Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi. Shimoliy Koreya sportchilari Janubiy Koreyaga oxirgi marta 2018-yilgi Pxyonchxan qishki Olimpiadasida ishtirok etish uchun kelgan edi.

Bu safar jamoa Osiyo ayollar chempionlar ligasi uchun kelgan bo‘lib, yarim finalda Janubiy Koreyaning “Suvon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 20-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shimoliy koreyaliklar delegatsiyasi turnir davomida Janubiy Koreyada qolishi kutilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News