
- 0
- 30.03.2026 18:35:00
- 1 min read
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH kontinental qismini nishonga olishga qodir qattiq yoqilg‘ili raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi. Yangi dvigatelning maksimal tortish kuchi 2500 kilonyutonga yetadi, bu sentabr oyidagi oldingi sinovdagi 1970 kilonyutonga nisbatan kuchliroq. Bir qator ekspertlar esa bu da’voni bo‘rttrilgan deb hisoblamoqda.
Sinov tafsilotlari, jumladan qayerda o‘tkazilgani ochiqlanmadi. Mutaxassislar KXDR da’volariga ehtiyotkor qaramoqda, chunki dvigatelning yonish vaqti va boshqa texnik ma’lumotlar oshkor qilinmagan.