Shimoliy Koreya Kim Chen Inga tahdidga qarshi yadroviy javobni qonunlashtirdi

Shimoliy Koreya Kim Chen Inga tahdidga qarshi yadroviy javobni qonunlashtirdi
  • 3
  • 11.05.2026 09:47:00
  • 1 min read

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritib, o‘ziga nisbatan suiqasd uyushtirilgan taqdirda avtomatik yadroviy javob berish tartibini belgiladi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib, Daily Mail xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi tartib Kim Chen In halok bo‘lsa yoki armiyani boshqara olmaydigan holatga tushsa, harbiylar darhol yadroviy zarba berishini nazarda tutadi.
Tahlilchilarga ko‘ra, bu qaror AQSH va Isroilning Erondagi yuqori martabali amaldorlarga qarshi amaliyotlaridan keyin Pxenyanning xavotiri kuchaygani bilan bog‘liq.

Shuningdek, Shimoliy Koreya yadroviy qo‘mondonlik tizimiga tahdid bo‘lsa, “avtomatik va zudlik bilan” javob zarbasi berilishi qonunda qayd etilgani aytilmoqda.

Ekspertlar Shimoliy Koreya dunyodan keskin yakkalangani sabab Kim Chen Inga qarshi ehtimoliy operatsiyalarni amalga oshirish Eron bilan solishtirganda ancha murakkab bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News