Shimoliy Koreyada “kibrlangan“ tadbirkorlar qatl etildi

Shimoliy Koreyada “kibrlangan“ tadbirkorlar qatl etildi
  • 11
  • 19.11.2025 12:42:00
  • 1 min read

Shimoliy Koreyada muvaffaqiyat qozonganidan keyin “kibrlanib ketgan” deb hisoblangan ikki tadbirkor ochiq maydonda qatl etildi. Daily Mail xabariga ko‘ra, qatlni yuzlab odamlar, hatto bolalar ham majburan tomosha qilgan.
Qatl etilgan juftlik elektr velosipedlar va akkumulyatorli mototsikllar uchun qismlar savdosi, ta’miri va ijarasi bilan shug‘ullangan. Ular yuqori daromadi sabab “katta rahbarlar” deb atalagani, ayrim aholining esa ularning qimmat narxlari va kibrli muomalasidan norozi bo‘lgani aytiladi. Ularga “Reaksion fikr va madaniyatni qabul qilmaslik to‘g‘risida”gi qonunni buzganlik, shuningdek, ularga chet el valyutasini noqonuniy aylantirish va davlatga qarshi xabarlarni tarqatish maqsadida tashqi tashkilot bilan hamkorlik qilish ayblovi ham qo‘yilgan. Ular avgust oyi boshida hibsga olinib, birgalikda so‘roq qilingan va sentabr oyi boshida olim jazosiga hukm qilingan. Ularga aloqador 20 ga yaqin odam surgunga yoki mehnat lageriga yuborilgan.
Ushbu qatl “davlat belgilagan chegaradan chiqish mumkin emas” degan ogohlantirish sifatida talqin qilingan. Voqeadan so‘ng bozorlardagi savdo faolligi keskin pasaygan, akkumulyator bozorida narxlar oshgan yoki savdo to‘xtab qolgan. Aholi orasida qo‘rquv kuchaygani aytilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News