
- 0
- 27.03.2026 16:50:00
- 1 min read
Jinsiy zo‘ravonlikka uchrab, hayoti ostin-ustun bo‘lgan 25 yoshli Noeliya hayotiga yakun yasadi. U avval sevgilisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. 2022-yilda esa bir guruh erkak tomonidan zo‘rlangan. Bu dahshatli voqealardan so‘ng Noeliya binoning 5-qavatidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga uringan. Biroq tirik qolib, beldan past qismi falaj bo‘lib qolgan.
Ispaniya OAVlariga ko‘ra, aybdorlar hech qachon hibsga olinmagan va hanuz erkin yurishmoqda.
Oila a’zolari va yaqinlarining barcha urinishlariga qaramay, Noeliya qaroridan qaytmadi va 26-mart kuni evtanaziya orqali hayotiga nuqta qo‘ydi.
Evtanaziya — og‘ir darddan aziyat chekayotgan odamning o‘limini qasddan tezlashtirish yoki uni og‘riqlardan xalos qilish maqsadida hayotini tugatish jarayonidir. Odatda bu bemorning yoki uning vakolatli vakilining roziligi bilan amalga oshiriladi.