
- 1
- 10.06.2026 13:01:00
- 1 min read
Nika Pharm kompaniyasi o‘zining Rinoksil Formula+ dori vositasi reklamasida tarixiy shaxslarning suratlaridan foydalnganligi uchun jarimaga tortildi. Reklamada Amir Temur, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Jorj Vashington, Yuliy Sezar va Napoleon Bonapart kabi mashhur tarixiy shaxslar obrazlaridan foydalanilgan.
Raqobat qo‘mitasi ushbu reklama materiallarini buyuk ajdodlar xotirasiga hurmatsizlik hamda axloq va ma’naviyatning umumqabul qilingan normalariga zid holat deb, baholagan. Hamda qo‘mitaning hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan “Nika pharm” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasi talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilingan.