
- 0
- 22.12.2025 14:00:00
- 1 min read
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalariga byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil munosabati bilan korporativ tadbirlar va bayram dasturxonlari tashkil etish man etildi. Taqiq byudjet mablag‘laridan foydalanmaslikka qaratilgan. Davlat tashkilotlari xodimlari Yangi yil tadbirlarini faqat o‘z oylik maoshlari yoki rag‘bat pullari hisobiga, ishdan tashqari vaqtda o‘tkazishlari mumkin. Xususiy kompaniyalar va davlatga qarashli bo‘lmagan tijorat tashkilotlariga ushbu cheklov tatbiq etilmaydi.
Avvalgi yillarda ham shunga o‘xshash taqiqlar joriy etilgan. Bosh vazir Abdulla Aripov buni “Byudjet puli — xalqning puli” deya izohlagan.