
- 0
- 24.12.2025 14:57:00
- 1 min read
Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi bolalar bog‘chasida o‘tkazilgan Yangi yil bayramidan so‘ng ota-onalar o‘rtasida mojaro yuz berdi. Erkak farzandiga sovg‘a yetmagani sabab janjal ko‘targan. Guvohlarning aytishicha, sovg‘alar ota-onalarning xatosi tufayli yetishmagan. Vaziyatni yumshatish uchun bir ona qizining sovg‘asini bolaga berishni taklif qilgan. Biroq erkak bunga agressiv munosabat bildirgan va ayolni itarib yuborgan. Hodisa videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Keyinroq erkak huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlangan va unga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.