
- 5
- 21.02.2023 15:48:00
- 1 min read
Avvalari uy ta’mirlash uchun dizayner mutaxassisga murojaat qilishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endi buni sun’iy intellekt sizning o‘rningizga bajaradi. Buning uchun mutaxassislar tomonidan “Interior Al” sayti yaratildi. Siz ta’mirtalab xonangiz suratini saytga joylashtirasiz, sayt esa bir nechta yo‘nalishlarni taklif etadi. Tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha xona dizayni besh daqiqada tayyor.
5 martagacha foydalanish bepul, keyin esa pullik obuna talab etiladi.
Siz sun'iy intellekt yordamida uyingizni ta'mirlashni istaysizmi?

