Afg‘onistonda ayollar uchun yangi cheklov: ta’lim hujjatlari tasdiqlanmaydi

Afg‘onistonda ayollar uchun yangi cheklov: ta’lim hujjatlari tasdiqlanmaydi
  • 3
  • 04.05.2026 09:26:00
  • 1 min read

Afg‘onistonda ayollarning ta’limga oid, jumladan xorijda olingan diplom va sertifikatlarini tasdiqlash amaliyoti to‘xtatildi. “Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi bir guruh ayollarning hujjatlarini tasdiqlashdan bosh tortgan. Ayrim ayollarga vazirlikda “endi ayollar hujjatlari tasdiqlanmaydi” deb aytilgan.

Shuningdek, “Tolibon” Oliy ta’lim vazirligi barcha universitetlarga talabalar haqidagi ma’lumotlarni xorijiy tashkilot va OTMlarga tasdiqlab bermaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan joriy etilgan ayrim taqiqlar:

 🔹 afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi;
 🔹 erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish;
 🔹 ayollarning erkak shifokorlarga borishi;
 🔹 ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi;
 🔹 ayollarning istirohat bog‘iga tashrifbuyurishi;
 🔹 oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi;
 🔹 ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirgauzatish;
 🔹 ayollarning burqasiz davlat idoralarigakirishi;
 🔹 ayollarning sotuvchilari bilan savdolashishitaqiqlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News