
- 3
- 29.10.2025 13:08:00
- 1 min read
“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik ta’minoti bo‘yicha yangi tariflarni e’lon qildi. Yangi narxlar 2024-yil 12-noyabrdan kuchga kiradi.
🔹 Markaziy isitish — 1 m²/kun uchun 241,44 so‘m
🔹 Issiq suv (hisoblagichsiz) — 1 odam/oy uchun 52 303,39 so‘m
🔹 Issiq suv (yotoqxonalarda) — 1 odam/oy uchun 38 908,16 so‘m
🔹 Issiq suv (hisoblagichli) — 1 m³ uchun 8 928,67 so‘m
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, tariflar energiya resurslari, issiqlik uzatish infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xizmat sifatini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar o‘sishi hisobga olingan holda yangilandi.
Avvalroq, Toshkent shahar hokimligi qaroriga binoan “Veolia Energy Tashkent” tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan issiq suv va isitish xizmatlari narxi 15 foizga oshirilgani haqida xabar berilgandi.
Yangi tizim joriy etilishi bilan poytaxtdagi ayrim ko‘p qavatli uylar energiya samaradorligi va issiqlik taqsimotini yaxshilash bo‘yicha pilot dasturlarga ham kiritilishi kutilmoqda.