
- 11
- 26.11.2024 14:02:00
- 1 min read
Dam olish kunlarida huquqni muhofaza qilish organlarida qator ishdan olish va tayinlovlar yuz berdi.
Dastlab, prezident farmoni bilan Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazildi. Uning ishdan olinishi sabablaridan biri sifatida qator OAVlar Komil Allamjonovga suiqasd ishi doirasida olinganini yozmoqda.
DXX rahbarligiga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov tayinlandi. Mudofaa vazirligiga esa mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Shuhrat Xolmuhammedov rahbar bo‘ldi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan, IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i polkovnik Ahrorjon Xalimjonovich Adhamov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining buyrug‘i bilan, boshqarmaning Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sobirov Timur Akramovich lavozimidan ozod etilgan.