Netanyaxu telefon kamerasini yopib foydalanyapti

Netanyaxu telefon kamerasini yopib foydalanyapti
  • 0
  • 27.01.2026 14:39:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu telefonining kamerasini yopib foydalangani aks etgan surat tarqalib, keng muhokama qilinmoqda. Bu ehtimoliy xavfsizlik chorasi bo‘lib, kuzatuv yoki ruxsatsiz yozuvlarning oldini olish uchun qilingan. Avvalroq Netanyaxu “qo‘lingizdagi telefon – Isroilning bir bo‘lagi” ekanini, smartfonlardagi texnologiyalar, dasturlar va xavfsizlik tizimlari Isroilda ishlab chiqilganini ta’kidlab, buni faxr bilan aytgandi. Shuning uchun uning bu harakati keng muhokamalarga sabab bo‘lib, “Netanyaxu kimdan yashirinyapti?” degan savolni tug‘dirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News