Netanyaxu G‘azoga kuchli zarbalar berishni buyurdi

Netanyaxu G‘azoga kuchli zarbalar berishni buyurdi
  • 2
  • 29.10.2025 12:59:00
  • 1 min read

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu harbiy qo‘mondonlikka G‘azo sektoriga zudlik bilan kuchli zarbalar berish haqida buyruq berdi. Bu haqda hukumat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, qaror HAMAS tomonidan Isroil askarining jasadi topshirilgach qabul qilingan. Biroq Isroil tomoni tobutdagi qoldiqlar garovda bo‘lgan shaxslarga emas, balki 2023-yilgi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan askarga tegishli ekanini bildirgan.

Isroil hukumati HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvni buzganlikda ayblamoqda. HAMAS esa bu borada hozircha hech qanday izoh bermagan.

So‘nggi kunlarda G‘azo sektorida vaziyat yanada keskinlashib, havo hujumlari soni ortgani va tinch aholining evakuatsiyasi davom etayotgani qayd etilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News