Nestle bolalar uchun ayrim sutli aralashmalarni global miqyosda qaytarib olmoqda

Nestle bolalar uchun ayrim sutli aralashmalarni global miqyosda qaytarib olmoqda
  • 3
  • 06.01.2026 22:28:00
  • 1 min read

Nestle kompaniyasi 5-yanvardan boshlab ayrim chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan sutli aralashmalar tarkibida oziq-ovqatdan zaharlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan sereulid toksini aniqlangani sababli ularni butun dunyo bo‘ylab (O‘zbekistondan ham) ixtiyoriy qaytarib olishni boshladi. Kompaniya bayonotida: “Chaqaloqlar xavfsizligi va salomatligi biz uchun mutlaq ustuvor vazifa” ekani ta’kidlangan. 

Sereulid — Bacillus cereus bakteriyasining ayrim shtammlari ishlab chiqaradigan toksin bo‘lib, tez rivojlanuvchi qusish va oshqozon og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. U pishirish yoki sut aralashmasini tayyorlash jarayonida parchalanmaydi.

❗️Qaytarib olinayotgan mahsulotlar:

🔹 NAN 1 OPTIPRO – ayrim partiyalar
🔹 NAN 2 OPTIPRO – ayrim partiyalar
🔹 NAN Kislomolochniy (0–12 oy) – 1 partiya
🔹 NAN Supreme (0–12 oy) – 1 partiya
🔹 ALFARÉ Amino – ayrim partiyalar

Nestle tegishli regulyator organlarni xabardor qilgan va iste’molchilarga zarur ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorligini bildirgan. Ko‘rsatilgan partiyalardagi mahsulotlarni xarid qilgan iste’molchilar ularni belgilangan tartibda qaytarishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 78 120 20 55.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News