
- 0
- 25.07.2026 11:17:00
- 1 min read
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili qariyb 300 ming kishi cho‘kib halok bo‘ladi. Cho‘kish 5–14 yoshli bolalar o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy o‘nta omildan biri hisoblanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi, suv toshqinlari, bo‘ronlar va kuchli issiqlik to‘lqinlari cho‘kish xavfini yanada oshirmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, havo harorati ko‘tarilgan sari cho‘kish bilan bog‘liq o‘limlar ham ko‘payadi.
25-iyul — Butunjahon cho‘kishning oldini olish kuni munosabati bilan JSST hukumatlar va aholiga suzishni o‘rgatish, bolalarni suv havzalari yaqinida nazorat qilish, qutqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda suv havzalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya etdi.