
- 2
- 22.05.2026 09:44:00
- 1 min read
Singapurda 10–16-may kunlari COVID-19 bilan kasallanganlar soni 12 700 nafarga yetdi. Undan oldingi haftada bu ko‘rsatkich 8000 tani tashkil etgan edi.
Mamlakat Yuqumli kasalliklar agentligi ma’lumotiga ko‘ra, shifoxonaga yotqizilayotgan bemorlar soni ham oshgan. O‘rtacha kunlik gospitalizatsiya 56 nafardan 73 nafarga ko‘tarilgan. Reanimatsiya bo‘limiga esa kuniga o‘rtacha 1 nafar og‘ir bemor tushmoqda.
Mutaxassislar bu o‘sishni aholida immunitetning pasayishi va virusning yangi NB.1.8.1 varianti tarqalishi bilan izohlamoqda. Ushbu variant hozirgi holatlarning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Rasmiylar esa mavjud vaksinalar ushbu variantga qarshi ham samarali ekanini bildirmoqda.
Rasmiylar aholini emlanishni davom ettirishga, gigiyena qoidalariga rioya qilishga, o‘zini yomon his qilganda uyda qolishga va zarurat bo‘lsa niqob taqishga chaqirmoqda.