
- 0
- 06.04.2026 18:26:00
- 1 min read
So‘nggi uch hafta ichida Bangladeshda kamida 98 bola qizamiq kasalligi sabab vafot etdi. Eng ko‘p holatlar poytaxt Dakka shahrida qayd etilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qizamiqdan shubhalangan holatlar soni 6476 nafarga yetgan. Rasmiy tasdiqlangan holatlar esa 826, vafot etganlar esa kamida 16. Ko‘p hollarda test o‘tkazilmagan yoki natija chiqmasdan vafot etgan bolalar bor.
Mutaxassislar kasallik tarqalishining asosiy sabablarini vaksina tanqisligi va emlash dasturlaridagi muammolar bilan izohlashmoqda. Bangladeshda bolalar odatda 9 oyligida emlanadi, ammo so‘nggi kasallanganlarning ko‘pchiligi 6 oylik bolalar. Hozir poytaxt ma’muriyati eng xavfli 30 hududda shoshilinch emlash kampaniyasini boshladi.
Qizamiq – yuqori yuqumli kasallik bo‘lib, asosan bolalar orasida uchraydi. Emlash orqali uning oldini olish mumkin, maxsus davolash preparati yo‘q.