O‘sh shahrida Navoiy haykali ochilib, ko‘cha shohko‘cha maqomini oldi

O‘sh shahrida Navoiy haykali ochilib, ko‘cha shohko‘cha maqomini oldi
  • 0
  • 15.12.2025 14:34:00
  • 1 min read

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy nomi bilan atalgan shohko‘cha hamda shoir haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Marosimda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Qirg‘izistonning davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbir Navoiy haykalini ochish va poyiga gulchambarlar qo‘yish bilan boshlandi, so‘ng o‘zbek va qirg‘iz san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Rasmiylar Alisher Navoiy merosi o‘zbek va qirg‘iz xalqlarini yaqinlashtiruvchi muhim ma’naviy qadriyat ekanini ta’kidladilar. Shahar meri ma’lumotiga ko‘ra, Navoiy nomidagi bog‘ va haykal O‘shda 1968 yildan buyon mavjud bo‘lib, keyingi yillarda ko‘cha rekonstruksiya qilinib, shohko‘cha maqomiga ega bo‘lgan. Tadbir doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, O‘sh shahar meri Jyenishbek Toktorbayev O‘zbekiston Prezidentining farmoniga binoan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News