
- 0
- 27.12.2025 14:21:00
- 1 min read
26-dekabr kuni O‘zbekiston Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan “Milliy sport mukofoti — 2025” taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. U 2025-yilda Osiyo va Jahon chempionatlari hamda Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritib, jahon rekordini yangiladi. “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” nominatsiyasida bokschi Navbahor Hamidova g‘olib bo‘ldi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi sport federatsiyasi deb e’tirof etildi. Shuningdek, U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov, darvozabon Ne’matulloh Rustamjonov, “Eng yaxshi sport targ‘ibotchisi” nominatsiyasida Abdurahmon Fozilov taqdirlandi. Karatechi Gulshan Alimardonova “Yil kashfiyoti”, 16 yoshli paralimpiyachi Husniya Olimjonova esa yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.