“Avaza”da MDH davlatlarining milliy taomlari namoyish etildi

“Avaza”da MDH davlatlarining milliy taomlari namoyish etildi
  • 14
  • 09.10.2026 08:43:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari delegatsiyalari rahbarlari bilan birgalikda Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik zonasida o‘tkazilgan milliy taomlar festivalida bo‘ldi.
Festivalda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Turkmanistonning milliy taomlari namoyish etildi. O‘zbekiston stendida palov, somsa, shivit oshi, tuxumbarak, milliy non va shirinliklar taqdim qilindi. Shuningdek, o‘zbek hunarmandchiligi namunalari, milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi.
Mirziyoyev boshqa mamlakatlarning milliy ekspozitsiyalari bilan ham tanishdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News