Tovushdan tez uchadigan samolyot sinovdan o‘tkazildi

Tovushdan tez uchadigan samolyot sinovdan o‘tkazildi
  • 5
  • 29.10.2025 13:43:00
  • 1 min read

28-oktabr kuni NASA va Lockheed Martin hamkorligida yaratilgan X-59 supersonik samolyoti AQSHda ilk bor sinov parvozini amalga oshirdi.
Bu loyiha 2018-yildan buyon davom etib kelmoqda va NASA uni ishlab chiqish uchun 518 million dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

X-59ning asosiy yangiligi shundaki, u tovushdan tez uchadi, biroq odatdagi supersonik samolyotlar kabi baland “sonik portlash” tovushini chiqarmaydi. Buning o‘rniga, u “yumshoq zarba” (quiet boom) texnologiyasi orqali deyarli shovqinsiz uchishni ta’minlaydi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu texnologiya kelajakda tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotlarni qayta joriy etish imkonini beradi. NASA sinov natijalarini tahlil qilib, 2026-yilgacha X-59ni tijorat parvozlariga tayyorlashni rejalashtirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News