Namangandagi gullar festivali Ginnesga kirdi

Namangandagi gullar festivali Ginnesga kirdi
  • 0
  • 25.05.2026 16:56:00
  • 1 min read

Namanganda o‘tkazilayotgan 65-xalqaro gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Viloyatda bir oy davomida jami 150 million tup gul ekilib, “Jamoa bo‘lib bir oyda eng ko‘p gul ekish” yo‘nalishida rekord o‘rnatildi. Festivalning ochilish marosimida Ginnesning maxsus sertifikati Namangan viloyati hokimiga topshirildi. 24-may kuni boshlangan gullar festivali 12-iyulgacha davom etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News