
- 0
- 28.01.2026 08:48:00
- 1 min read
Tramp 3-yanvar kungi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish operatsiyada maxfiy “Discombobulator” quroli qo‘llanilganini ma’lum qildi. Tramp New York Post’ga bergan intervyusida ushbu vosita Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan harbiy texnikani vaqtincha ishdan chiqarganini aytdi.
CNN va boshqa manbalarga ko‘ra, qurol “Gavana sindromi”ga o‘xshash simptomlarni (bosh aylanishi, quloq og‘rig‘i, bosim hissi) keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ta’sirga ega. Operatsiya vaqtida Maduro qo‘riqchilarida burundan qon ketishi va hushdan ketish holatlari qayd etilgan. Operatsiya guvohi “bir payt ular nimanidir ishga tushirdi. Buni qanday tasvirlashni bilmayman. Bu juda kuchli tovush to‘lqiniga o‘xshardi. Birdan boshim ichkaridan portlayotgandek bo‘lib ketdi”, dedi. Venesuela Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, reyd chog‘ida 83 kishi halok bo‘lgan.