
- 0
- 28.01.2026 16:23:00
- 1 min read
Istanbulda uka onasining dafn marosimda o‘z akasi tomonidan otib o‘ldirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aka-uka Mustafo va Mehmet Mutlu onalarining dafn marosimidan so‘ng meros masalasida janjallashishgan. Janjal kuchayib, Mustafo Mutlu qurolini chiqarib, ukasi Mehmet Mutluning boshi va qorniga o‘q uzgan. Og‘ir yaralangan Mehmet Mutlu shifoxonaga olib ketilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan. Qotil aka voqea joyida qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, uning avvaldan “qasddan tan jarohati yetkazish” bo‘yicha 10 ta jinoiy qaydi mavjud. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.