
- 0
- 06.03.2026 08:31:00
- 1 min read
28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotni boshlaganidan beri, Eron ularning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga hujum qilmoqda. Dubaydagi portlashlar o‘chog‘ida qolib ketgan o‘zbekistonlik xonanda Munisa Rizayeva avvalroq obunachilaridan duo qilishni so‘rab storis qo‘ygan edi. Bugun xonanda vatanga qaytgani va falokatdan qanday omon qolganini aytib berdi hamda uni qo‘llab-quvvatlagan, u uchun qayg‘urganlarga rahmat aytdi.