
- 6
- 22.02.2025 14:39:00
- 1 min read
19-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Mubashshir Ahmad qidiruvga berilgani haqida xabar tarqalgan edi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov diniy olim va bloger – “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Alisher Ahmadovich Tursunov Jinoyat kodeksining 244–2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha qidiruvga berilganini ma’lum qilgan edi. Ushbu ma’lumot advokatlar tomonidan rad etildi va axborot tarqatishda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mubashshir Ahmadga Telegram kanalida yozgan postlari uchun diniy materiallarni tayyorlash va tarqatish tartibiga rioya qilmaganlikda ayblanmoqda. Sud prokurorning uni sirtdan qamoqqa olish haqidagi iltimosini rad etgan.